Kalu "Gerta"ni tark etdi

Alisher
8 iyul 2020
Salomon Kalu "Gerta" bilan xayrlashdi.

"Qadrli muxlislar va "Gerta" klubi, sizlarga katta rahmat! Bizning ko'plab umumiy xotiralarimiz bor. Xudo xohlasa, yaqin orada ko'rishamiz", - deb yozgan 34 yoshli xavbek "Tvitter" sahifasida.

Kaluning "Gerta" bilan tuzgan shartnomasi mavsum so'nggida tugadi. Ivuarlik futbolchi Berlin jamoasi sharafini 2014-2020 yillarda himoya qildi.

Kalu joriy mavsum "Gerta" tarkibida 7ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/salomonkalou