"Chelsi"ning 4 nafar futbolchisi "Liverpul"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi

Sherzod Nurmatov
18 sen 2020, 22:04
Londonning "Chelsi" klubi APLning 2-turi doirasidagi "Liverpul"ga qarshi o'yin oldidan muammolarga duch keldi.

"Ko'klar"ning rasmiy twitter'ida yozilishicha, birdaniga to'rtta futbolchi o'yinda ishtirok eta olmaydi, ularning uchtasi – yangilar.

Himoyachilar Tiago Silva va Ben Chiluell, shuningdek, vingerlar Kristian Pulishich va Xakim Ziesh "Stemford Brij"dagi bahsni o'tkazib yuborishadi.

Eslatib o'tamiz, "Chelsi" - "Liverpul" uchrashuvi yakshanba kuni Toshkent vaqti bilan 20:30 da start oladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/ChelseaFC