

"Chelsi" darvozaboni Kepa Arrisabalaga hamda yarim himoyachilar Mateo Kovachich va Karni Chukvuemeka alohida mashg'ulot olib bormoqda. Bu haqda "Evening Standard" nashri xabar berdi.
Yuqorida nomlari keltirib o'tilgan 3 nafar o'yinchi bugun bo'lib o'tadigan Chempionlar Ligasi 6-turidan o'rin olgan Zagrebning "Dinamo" jamoasiga qarshi o'yinda qatnashmasligi mumkin.



