"Chelsi"da bosim ortib bormoqda: Rosenor ketishi mumkin

Sherzod Nurmatov
16 mar 2026, 18:35
London klubida bosh murabbiy Liam Rosenor haqida jiddiy xavotir ortib bormoqda.

"indykaila News"ning xabar berishicha, bu mutaxassis qo'l ostida "nafaqaxo'rlar" 17 o'yinda 10 ta g'alaba, 2 ta durang va 5 ta mag'lubiyat qayd etdi. Londonliklar oxirgi ikki o'yinda PSJ (2:5) va "Nyukasl"ga (0:1) mag'lub bo'ldi.

Bazi "Chelsi" vakillari Rosenorni kelasi mavsum jamoada qolmasligi kerak deb hisoblaydi. Shuningdek, londonliklar PSJdan Luis Enrikega taklif berish niyatida yuribdi.

Hozirda "Chelsi" Premer-liga turnir jadvalida 5-o'rinda turibdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: indykaila News