Chelsi yozda Lukaku va Barkli uchun 100 million funt bermoqchi

Narzulla Saydullayev
16 mar 2017, 09:40
Chelsi Evertondan Romelu Lukaku va Ross Barklini sotib olmoqchi.

London klubi vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda. Yaqinda belgiyalik futbolchi klub bilan shartnomani uzaytirmasligini aytib o'tdi. Barkli bilan kelishuv esa keyingi yil tugaydi.

Lukaku va Barkli Chelsiga 100 million funt evaziga ko'chib o'tishlari mumkin.

Everton Lukakuni 65 million funtga, Barklini esa 30 millionga baholamoqda.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: telegraph.co.uk