“Chelsi” yana bir futbolchisi bilan yangi shartnoma tuzadi

24 sen 2019, 09:30
Fikayo Tomori klubda qoladi.

“Chelsi” murabbiylar shtabi jamoaning 21 yoshli a'zosi Fikayo Tomorining harakatlaridan qoniqish hosil qilmoqda. Yaqin orada Tomoriga yangi shartnoma taklif etilishi kutilmoqda. Unga 2024 yil o'rtalariga qadar mo'ljallangan bitim taklif etiladi. Tomorining amaldagi shartnomasi esa 2021 yilda yakuniga etadi.

Tomori - “Chelsi” akademiyasi tarbiyalanuvchisi. U “ko'klar” tizimida 2005 yildan beri to'p suradi. Joriy mavsum esa “Chelsi” safida 5 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Gazetta.it