“Chelsi” Sterling bilan necha yillik shartnoma imzolashi ma'lum. U APLda eng ko'p maosh oladigan futbolchilar uchligiga kiradi

Eldor Akmurzayev
10 iyul 2022, 08:10
“Manchester Siti” futbolchisi Rahim Sterling faoliyatini “Chelsi”da davom ettiradi.

Shartnoma 5+1 ko'rinishida imzolanadi. Londonliklar vingerning transferi uchun 47,5 mln funt (+2,5 mln bonus) mablag' sarlashi ma'lum bo'ldi.

Angliya TJ a'zosi yangi jamoasida haftasiga 300 ming funtdan oshiqroq topadi. Bu klubdagi futbolchilarnikidan ko'p va u APLda eng ko'p maosh ishlaydigan o'yinchilar uchligiga kiradi.

Hozirda “aristokratlar” 27 yoshli inglizning Londonda tibbiy ko'rikdan o'tishi ustida ishlamoqda. Agar barchasi ijobiy yakunlasa, u klub bilan mavsumoldi tayyorgarlik uchun AQSHga uchib ketadi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: The Telegraph