"Chelsi" sobiq futbolchisi Atsu Turkiyada vayronalar ostidan o'lik holda topildi

Sherzod Nurmatov
18 fev 2023, 12:00
Turkiyaning "Hatayspor" klubi va Gana terma jamoasi yarim himoyachisi Kristian Atsu zilzila oqibatida vafot etdi.

"Kristian Atsu topildi. Afsuski, u hayotdan ko'z yumdi", – dedi futbolchining agenti Murat Uzunmexmet.

31 yoshli futbolchi 6 fevral kuni Qahramonmarashda sodir bo'lgan zilzila oqibatida vayronalar ostida qolgan edi.

Atsu o'tgan kuzda "Hatayspor"ga o'tishdan oldin "Chelsi", "Nyukasl", "Portu", "Riu Ave", "Vitess", "Everton", "Malaga", "Bornmut" va "Al Raed" klublarida o'ynagan. U terma jamoa safida 60 ta o'yin o'tkazib, 10 ta gol urgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sabah