"Chelsi" Jorjinoni sotmoqchi emas. Ikki top-klub xavbekning agentlari bilan bog'langan

Alisher
24 apr 2020, 12:24
"Chelsi" yarim himoyachi Jorjinoni tarkibda saqlab qolmoqchi.

Yevropaning ikki top-klubi Italiya terma jamoasining 28 yoshli o'yinchisi borasida uning agentiga murojaat qilishgan, ammo londonliklar Jorjinoni sotishni rejalashtirishmayapti.

"Aristokratlar" yaqin oylarda xavbek bilan yangi shartnoma bo'yicha muzokaralar boshlashi mumkin.

Jorjinoning "Chelsi" bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira