Chelsi himoyachisi: “U WhatsApp orqali yigitlar, sizlarni yaxshi ko'raman deb yozib, so'ngra, guruhdan chiqib ketdi”

Eldor Akmurzayev
18 iyun 2019, 23:30
Chelsi futbolchisi Emerson Eden Azarning jamoadoshlari bilan qanday hayrlashganini ma'lum qildi.

28 yoshli yarim himoyachi bir necha kun oldin Realga o'tgandi.

“Uning oxirgi so'zlari WhatsApp'da bo'lgandi. U yigitlar bilan hayrlashdi va shundan buyon Azar haqda hech narsa eshitmadik. Bu odatiy hol emas. U Rahmat, yigitlar, sizlarni yaxshi ko'raman deb yozdi. Keyin esa Eden Azar guruhni tark etdi, degan yozuv chiqdi. O'shanda men u haqiqatdan ketganligini his qildim”, – deya qayd etgan 24 yoshli italiyalik futbolchi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: ESPN