"Chelsi" fransiyalik futbolchisiga 35 million evro miqdorida narx qo'ydi

Alisher
14 may 2020, 17:30
"Chelsi" yaqin transferlar oynasida yarim himoyachi Temue Bakayoko bilan xayrlashishga tayyor.

Eslatib o'tamiz, futbolchi londonliklar tarkibiga 2017 yilda 45 million evro evaziga o'tgandi va jami 29ta o'yinda maydonga tushdi.

Xabarlarga ko'ra, ingliz klubi zararni qoplashga tayyor va 25 yoshli francuzga 35 million evro miqdorida narx qo'ydi.

Oldinroq xabar berilganidek, "Sevilya" Bakayokoning ijarasi uchun 5 million evro va undan keyin to'laqonli transfer huquqi uchun 30 million evro to'lashga tayyor.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: le10sport.com