"Chelsi" "Everton" himoyachilari Stounz va Koulmanga qiziqish bildiryapti

Aslanov Jasurbek
8 may 2015, 14:47
Londonning "Chelsi" klubi "Everton" himoyachisi Jon Stounz xizmatlariga qiziqib qolgan.

Xabarlarga ko'ra, liverpulliklar ustozi Roberto Martines 20 yoshli futbolchi jamoada qolishi uchun qo'lidan kelgan barcha ishni amalga oshirmoqchi, ammo "Chelsi" yaxshi taklif bilan chiqsa transfer amalga oshishi mumkin.

Londonliklar "Everton"ning yana bir himoyachisi Sheymus Koulmanni ham o'z safiga qo'shib olmoqchi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com