"Chelsi" 2018 yildan beri ilk bor 2 o'yinda 7 ta gol o'tkazib yubordi

Omonjon To`xtamirzayev
7 apr 2022, 02:28
YCHL chorak finali doirasida "Chelsi" o'z maydonida "Real Madrid"ga imkoniyatni boy berdi (1:3).

Tomas Tuxel jamoasi oxirgi ikki o'yinda 7 ta gol o'tkazib yuborishdi. "Aristokratlar" 2 aprel kuni APL doirasida "Brentford"ga imkoniyatni boy bergandi (1:4), Chempionlar Ligasi 1/4 finalida esa endi "Real" londonliklar darvozasiga 3 ta gol urdi. Har ikki bahsda darvozani Eduar Mendi qo'riqladi.

Ikki o'yinda 7 ta golni "ko'klar" 2018 yil yanvar-fevral oyidan buyon qo'yib yubormagandi. O'shanda poytaxtliklar chempionat doirasida "Bornmut" (0:3) va "Uotford"ga (1:4) imkoniyatni boy bergandi.

Navbatdagi bahsda "Chelsi" 9 aprel kuni "Sautgempton"ga qarshi maydonga tushadi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia