"Championat.asia" talqini: Yilning eng yaxshi futbolchisi - Jaloliddin Masharipov

Tolibjon Qosimov
21 dek 2020, 19:32
Kecha bo'lib o'tgan O'zbekiston kubogi final bahsi bilan mamlakatimizda katta futbol mavsumi o'z nihoyasiga etdi.

"Championat.asia" sayti o'z ananasiga sodiq qolgan holda yilning eng yaxshilarini aniqladi.

Demak, "Championat.asia" talqiniga ko'ra, yilning eng yaxshi futbolchisi - Jaloliddin Masharipov ("Paxtakor").

Ancha yillardan buyon "Paxtakor"ning almashtirib bo'lmas o'yinchisi Jaloliddin Masharipov 2020 yilgi mavsumda ham ajoyib o'ynadi. "Paxtakor" yetakchisi mavsumni bir notada o'tkaza oldi. Masharipov Superliganing 23ta bahsida maydonga tushib, 6 bor gol muallifi bo'ldi. Lekin 14ta golli pas amalga oshirib Superligadagi eng yaxshi natijani qayd etdi. 

Masharipov yil futbolchisi bo'lishda Dragan Cheran, Oybek Bozorov, Odil Hamrobekov va Bobir Abdixoliqov kabi futbolchilarni ortda qoldirdi. 

Superligadagi ko'rsatkichi: 23 o'yin, 1940 daqiqa, 6ta gol, 14ta golli pas.

 

"Championat.asia" talqini: Yilning eng yaxshi to'purari - Dragan Cheran

"Championat.asia" talqini: Yilning eng yaxshi darvozaboni - Abduvohid Ne'matov

"Championat.asia" talqini: Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi - Husayin Norchaev

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia