"Buxoro"ning g'alabali yurishi davom etadimi? Termiz va Toshkentda favorit aniq - Ekspert fikri

Iskandarov Abdulaziz
11 mar 2026, 12:19
Bugun Superliganing 3-turidan o'rin olgan navbatdagi bellashuvlar bo'lib o'tadi.

Bu o'yinlar oldidan saytimizning 3-tur eksperti Artyom Filiposyan o'z taxminlari bilan o'rtoqlashdi.

- "Surxon - "Bunyodkor" o'yiniga kelsak, bu bahsda "Bunyodkor" favorit. "Surxon" jamoasida ishlar yaxshi emasligi hammaga ma'lum. Lekin bu - futbol. Mening fikrimcha, "Bunyodkor" g'alaba qozonadi.

- "Lokomotiv" - "Qo'qon-1912" bahsi. "Lokomotiv" ham yaxshi start oldi. "Qo'qon-1912" jamoasi esa ikki turda mag'lub bo'ldi. Qo'qonda ham yaxshi jamoa va yaxshi futbolchilar shakllangan. Shunga qaramay, "Lokomotiv" bu o'yinda g'alaba qozonadi, deb o'ylayman.

- "Buxoro" - "Xorazm" to'qnashuvi. "Buxoro" yaxshi start oldi, o'tgan turda "Navbahor"ni safarda mag'lub etdi. "Xorazm" ham yaxshi jamoa, o'tgan turda OKMKni yutdi. "Xorazm"ga hurmat bilan qarayman. Lekin men "Buxoro"ga muxlislik qilaman, chunki o'zim ko'p yillar "Buxoro"da o'ynaganman. Shuning uchun "Buxoro" yutadi, deb o'ylayman.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia