"Buxoro"ga qarshi o'yindan oldin "Lokomotiv"da uch jiddiy yo'qotish bor

Mirjalol Normatov
30 sen 2018, 19:54
2 oktyabr kunida "Lokomotiv" Superliganing 25-turi doirasida "Buxoro"ga qarshi bahs olib boradi.

Ushbu uchrashuvdan oldin poytaxt klubida katta yo'qotishlar bor. Oldinroq Sardor Rashidov o'z intervyusida "Buxoro"ga qarshi o'yinda qatnashmasligini ma'lum qilgandi.

Ma'lumotlarga qaraganda, Sardor Mirzaev ham jarohat olgan va bir necha kundan buyon umumiy guruhda shug'ullanmasdan, alohida dastur bo'yicha ishlamoqda. Shuningdek, Sadriddin Abdullaev diskvalifikaciyaga uchragan.

Eslatib o'tamiz, o'tgan o'yinlarni o'tkazib yuborgan Marat Bikmaev "Buxoro"da maydonga tushishi mumkin.  U diskvalifikaciyasini o'tab bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia