

Shu munosabat bilan O'zbekiston milliy terma jamoasi bir haftalik yig'in tashkil etadi. Vakillarimiz ushbu yig'in doirasida Qirg'iziston va Kanada terma jamoalariga qarshi nazorat uchrashuvlari o'tkazishni rejalashtirishgan.
“Bunyodkor” FKga terma jamoalar markazidan kelgan telegrammaga ko'ra, “qaldirg'ochlar”ning to'rt vakili – Akramjon Komilov, Otabek Shukurov, Dostonbek Hamdamov va Eldor Shomurodov milliy terma jamoa yig'iniga taklif etildi.



