

Bunyodkor tur doirasida Qizilqumni qabul qiladi. Mazkur uchrashuv 22 sentyabrda bo'lib o'tishi belgilangan. Siz aziz muxlislarga shuni ma'lum qilamizki, jamoamizning Qizilqumga qarshi o'yini Bunyodkor stadionida bo'lib o'tadi. O'yin 18:00da boshlanadi.
SOCA COLA CUPERLIGA. 20-TUR
BUNYODKOR – QIZILQUM
22 sentyabr. Toshkent. Bunyodkor stadioni. 18:00
Bosh hakam: Rustam Lutfullin.
Qanot hakamlari: Abduhamidillo Rasulov, Jahongir Saidov.
Zaxiradagi hakam: Akmal Rahimov.
Nazoratchi: Vladislav Seytlin.
Komissar: Ahmed Tillaev.




