"Bunga bardosh berish uchun vaqt kerak bo'ladi". Gattuzo Italiyaning JCH-2026ga chiqa olmagani haqida gapirdi

Sherzod Nurmatov
1 apr 2026, 09:45
Italiya bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo o'z jamoasining 2026 yilgi Jahon chempionatiga chiqa olmaganini og'ir zarba deb atadi.

Italiyaliklar pley-offda Bosniya va Gertsegovinaga yutqazdi (2-2, penaltilar seriyasida - 1:4). Italiya 2018 va 2022 yilgi Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritolmagandi.

"Men hozirgina jamoa bilan gaplashdim. Yigitlarga faqat minnatdorlik bildirishim mumkin, jamoa uzoq vaqtdan beri bunday yurak bilan o'ynamayotgandi. Bu og'riqli, lekin biz buni qabul qilishimiz kerak. Men yigitlar bilan faxrlanaman. Bunga bardosh berish uchun vaqt kerak bo'ladi. Shaxsiy darajada bu og'ir zarba", – dedi Gattuzo.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: uefa.com