Bugun "Real"ning ikki futbolchisi "Tottenxem" bilan shartnoma imzolash uchun Londonga uchib ketadi

Alisher
18 sen 2020, 15:03
"Real" vingeri Garet Beyl "Tottenxem"ga qaytishga yaqin.

Uelslik futbolchi Madridda ijara oldidan muvaffaqiyatli tibbiy ko'rikdan o'tgan.

Bugun Beyl bilan birgalikda himoyachi Serxio Regilon ham xususiy samolyotda transferni yakunlash uchun Angliyaga yo'l olishadi. Qayd etish kerakki, futbolchilar kelganlaridan so'ng karantinda bo'lishlari mumkin.

"Tottenxem" Beylni ijaraga olish va uning maoshini to'lash uchun 20 million funt harajat qildi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports