Bugun O'zbekiston va Argentina o'rtasidagi ikkinchi o'yin bo'lib o'tadi

Narzulla Saydullayev
3 fev 2021, 09:23
Bugun, 3 fevral kuni futzal bo'yicha O'zbekiston va Argentina milliy terma jamoalari o'zaro ikkinchi o'rtoqlik o'yinini o'tkazishadi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston va Argentina o'rtasidagi dastlabki o'rtoqlik o'yini kecha bo'lib o'tdi va unda Jahon chempioni 1:0 hisobida g'alaba qozondi. Bugungi bahs ham soat 18:30da boshlanadi. 


Foto. Chopondagi argentinaliklar, bayroq ko'targan Rustam Umarov... O'zbekiston - Argentina o'yinidan GALEREYA        


O'zbekiston va Argentina terma jamoalari o'rtasidagi o'yin saytimizda matnli translyatsiya qilinadi va o'yindan tezkor suratlar taqdim etiladi. Shunday ekan bizni kuzatishda davom eting.


Video. Futzal. O'zbekiston - Argentina 0:1. O'yin sharhi     


Quyida esa kechagi o'yindan videolavhalarni tomosha qiling:







O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia