Bugun futbol. "Neftchi" - AGMK

Xayrulla Xoliqov
5 apr 2018, 13:29
Bugun Superliganing 5-tur bahslariga start beriladi. "Neftchi" o'z maydonida Olmaliq shahrining AGMK klubini qabul qiladi.

Bugungi bahs "Neftchi" uchun juda muhim. Chunki jamoa mana to'rt turdirki g'alaba qozona olmayapti. G'alaba qozonish tugul "Neftchi" hatto gol ura olgani yo'q. Umuman olganda, farg'onaliklar Superligada to'p kiritmagan yagona jamoa bo'lib turishibdi. "Neftchi" bungacha o'z darvozasidan to'rt bor gol o'tkazib yubordi.

AGMK bugun safarda uchinchi bor maydonga tushadi. AGMK safar bahslarida hali g'alaba qozona olgani yo'q: "Bunyodkor" bilan 1:1 o'ynagan bo'lsa, "Paxtakor"ga 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi.

Bilasizmi? AGMK hozircha safar o'yinlarida bittadan ko'p to'p kirita olmayapti. Jamoa "Paxtakor" va "Bunyodkor" darvozasini bir martadan ishg'ol qilgan.

Fakt: "Neftchi" o'z maydonida umuman AGMKga mag'lub bo'lmagan: 9ta g'alaba va bir durang.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia