Bugun 17:00. Filippin - O'zbekiston

Narzulla Saydullayev
8 sen 2015, 08:11
Bugun O'zbekiston terma jamoasi JCH-2018 saralashi doirasida Filippinga qarshi o'ynaydi.

Samvel Babayan boshchiligidagi jamoamiz bugun JCH-2018 saralashi doirasidagi eng muhim o'yinlaridan birini o'tkazadi. Bokaue shahridagi "Filippin Sports" stadionida bo'lib o'tadigan o'yin Toshkent vaqti bilan soat 17:00da boshlanadi. Bahsni avstraliyalik hakamlar brigadasi boshqari boradi.

Guruhimizdan o'rin olgan ikkinchi o'yin Yaman va Bahrayn o'rtasida bo'lib o'tadi. Ushbu uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:00da start oladi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia