"Brest" o'z tarixida ilk bor evrokuboklarda qatnashadi

Sherzod Nurmatov
29 apr 2024, 18:43
Brest klubi Chempionlar Ligasiga yo'l olishi mumkin.

Jamoa tarixida birinchi bor evrokuboklarda ishtirok etadi, deya xabar berdi klub matbuot xizmati.

Xabar qilinishicha, "Renn" ustidan 5:4 hisobida g'alaba qozongan jamoa Fransiya chempionatining 2023/24 yilgi mavsumida kuchli beshlikdan joy olishi kafolatlangan va agar ular joriy uchinchi o'rinni saqlab qolishga muvaffaq bo'lsa, to'g'ridan-to'g'ri Chempionlar Ligasi guruh bosqichiga yo'llanma oladi.

"Brest" o'zining navbatdagi o'yinini 4 may, shanba kuni o'z maydonida "Nant"ga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: sb29.bzh