Braziliyalik futbolchilar YCHLda gol urish bobida rekord o'rnatishdi FOTO

Tolibjon Qosimov
22 noya 2017, 12:34
Kecha Chempionlar ligasida 5-tur uchrashuvlariga start berildi.

"G" guruhida "Beshiktosh" jamoasi o'z maydonida "Portu" bilan 1:1 hisobida durang o'ynadi. Ana shu bellashuvda hisobni 29 daqiqada "Portu"ning braziliyalik o'yinchisi Felipe ochdi. Shu tariqa, Felipe YCHLda gol urgan 200-braziliyalik futbolchi bo'ldi. Shu kungacha ushbu musobaqada 199 nafar braziliyalik gol urgan edi. Qayd etib o'tish joiz, Braziliya Chempionlar ligasida 200 nafar futbolchisi gol urgan birinchi mamlakatga aylandi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/brfootball