Braziliyada kelishilgan o'yinlar tufayli mavsum to'xtatilishi mumkin

Sherzod Nurmatov
2 may 2024
Mamlakat katta mojaro yoqasida.

Braziliya parlamenti vakolatli organlarga ko'plab kelishilgan o'yinlar bo'yicha shubhalar tufayli joriy futbol mavsumini to'xtatishni tavsiya qildi. Bu haqda "SBC News" xabar bermoqda.

Hammasi "Botafogo" egasi Jon Tekstorning bayonoti bilan boshlandi. Funkcioner qo'lida kelishilgan o'yinlar tashkil etilgani haqida dalillar borligini aytdi.

Braziliya milliy futbol hakamlari assotsiatsiyasi ham puxta tergov tashkil etish va surishtiruv o'tkazish uchun mavsumni to'liq to'xtatish tarafdori. Qayd etilishicha, chempionat to'xtatilmasa, hakamlar ish tashlashga tayyor.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: SBC News