Braziliya futbolchilari JCHda g'olib bo'lsa, qancha mukofot puli olishi ma'lum

2 apr 2026, 08:30
Braziliya futbol konfederatsiyasi terma jamoa Jahon chempionatida g'olib chiqsa, har bir futbolchiga 1 million dollar beradi.

Muzokaralarda Vinisius Junior, Alisson, Danilo, Markinos, Kazemiro va Bruno Gimaraes ishtirok etdi.

Ma'lumot uchun, Braziliya yozda bo'lib o'tadigan JCHning "C" guruhidan joy olgan. Jamoa guruh bosqichida Marokash, Gaiti va Shotlandiya termalariga qarshi bahs olib boradi.

Eslatib o'tamiz, JCH-2026 bahslari 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.com