"Brayton" "Liverpul" futbolchisi bilan kelishib qo'ydi

Omonjon To`xtamirzayev
5 may 2023, 16:33
Mavsumni ajoyib tarzda o'tkazayotgan "Brayton" jamoasi tarkibini kuchaytirish ishlarini boshlab yuborgan.

Yangi mavsumda katta ehtimol bilan evrokuboklarda bahs olib boradigan "Brayton" "Liverpul" tajribali yarim himoyachisi Jeyms Milner bilan kelishib qo'ydi. Futbolchi mavsumlar oralig'ida erkin agent sifatida yangi jamoasi tarkibiga borib qo'shiladi. 

Milner "Brayton" bilan 2024 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolashi aytilmoqda. Ushbu ma'lumotni mashhur insayder Fabricio Romano ham tasdiqladi. 

  

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: The Athletic