"Borussiya D" Daudning kyetishini tasdiqladi

Sherzod Nurmatov
21 fev 2023
Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Mahmud Daud shartnomasi muddati tugashi munosabati bilan mavsum yakunida jamoani tark etadi.

Buni klub sport direktori Sebastyan Kel ma'lum qildi.

"O'tgan hafta Mahmud bilan juda ochiq va samimiy suhbatlashdim. Men unga yozda u bilan shartnomani uzaytirmasligimizni aytdim", – dedi Kel.

Daud 2017 yildan beri Dortmundning "Borussiya"sida to'p tepib keladi. 27 yoshli futbolchi joriy mavsum 6 ta o'yinda maydonga tushdi. U Germaniya terma jamoasida 2 ta o'yinda harakat qilgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Bild