"Borussiya" Bundesliganing eng yomon jamoasini enga olmadi, "Bavariya" bilan farq 3 ochko qoldi

Tolibjon Qosimov
19 fev 2019, 03:36
Germaniya chempionatining 22-turi o'z nihoyasiga etdi.

Turni "Nyurnberg" – "Borussiya D" bahsi yakunlab berdi. Dordmundliklar Bundesliga turnir jadvalining so'nggi pog'onasida borayotgan "Nyurnberg"ni enga olishmadi. Shu tariqa, jadvalda peshqadamlik qilib kelayotgan "Borussiya" ketma-ket uchinchi o'yinda durang o'ynadi. Endi asosiy taqibchi "Bavariya" bilan oradagi farq bor yo'g'i 3 ochko qoldi.

Bundesliga, 22-tur
18.02.2019, "Maks-Morlok-Shtadion"
"Nyurnberg" – "Borussiya D" 0:0

"Nyurnberg": Mateniya, Myul, Lyaybold, Valentini, Everton, Petrak, Berens, Leven (Bauer, 77), Mateus Pereyra, Kubo (Palasios-Martines, 85), Zrelyak (Isxak, 66).

"Borussiya D": Byurki, Gerreyru, Diallo, Zagadu, Vitcel, Dileyni (Bruun Larsen, 80), Vaygl, Getce, Sancho, Volf, Filipp (Pako Alkaser, 63).

Ogohlantirishlar: Mateniya (88) - Vitcel (89).


Germaniya chempionati turnir jadvali >>>>> Bundesliga

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia