"Borussiya" 25 mln evro evaziga "Barselona" hujumchisini transfer qiladi

Mirjalol Normatov
26 avg 2018, 13:29
Dortmundning "Borussiya"si sotib olish sharti bilan "Barselona"dan Pako Alkaserni ijaraga oladi.

"Bild" xabariga ko'ra, ispaniyalik hujumchi jamoaning asosiy tarkibiga kira olmayotgani uchun "Barselona"ni tark etishga tayyor turibdi. U asosan zaxiradan maydonga tushib, bir necha daqiqa harakat qilmoqda. Yaqin kunlarda uning transferi rasmiylashtiriladi.

"Borussiya" futbolchining ijarasi uchun 2,2 mln evro to'laydi. Mavsum yakunlanganidan keyin hujumchi 25 mln evro evaziga transfer qilinadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Bild