Bonuchchi: "Hozirgi Italiya terma jamoasi har qachongidan ham kuchliroq bo'lishiga ishonaman!"

Sherzod Nurmatov
7 okt 2021, 21:11
Italiya terma jamoasi himoyachisi Leonardo Bonuchchi Ispaniyaga qarshi Millatlar ligasi yarim finalida (1:2) chetlatilgani haqida gapirdi.

Eslatib o'tamiz, futbolchi birinchi bo'limda ikkita sariq kartochka olib, maydonni tark etdi. Uchrashuvni rossiyalik Sergey Karasev boshqarib borgan edi.

"Men sizdan ko'ra ko'proq g'azablandim, birinchi navbatda o'zimdan. 

Kechirim so'rayman, afsusdaman. Biroq hozirgi Italiya terma jamoasi ko'tarilishda davom etishiga va har qachongidan ham kuchliroq bo'lishiga ishonaman!" – deb yozdi Bonuchchi Instagram'da.

Ikkinchi yarim final bugun bo'lib o'tadi, unda Belgiya Fransiya bilan o'zaro to'qnash keladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Instagram.com/bonuccileo19