Bonuchchi: "Biz so'nggi yillar maksimal tarzda Ronalduga o'ynadik va u barchasini hal qila olishi mumkin deb o'ylagandik"

Alisher
21 okt 2021, 12:40
"Yuventus" himoyachisi Leonardo Bonuchchi "Zenit" (1:0)ga qarshi Chempionlar Ligasi guruh bosqich uchinchi tur doirasidagi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

"Keksa sinora" Deyan Kulusevskining o'yin so'nggida urgan goli evaziga g'alabaga erishdi.

"Yuventus" jamoaviy o'yinga qaytdi. So'nggi mavsumlarda biz o'zgachalikni yo'qotdik, sababi Krishtianu Ronaldu bilan birga o'ynadik. Biz maksimal tarzda unga o'ynadik va u barchasini hal qila olishi mumkin deb o'ylagandik.

U ketganidan so'ng barchasi o'zgardi, biz sabrliroq jamoa bo'lib o'ynamoqdamiz. Bu bizga g'alabaga erishishda yordam bermoqda", - deydi Bonuchchi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: uefa.com