"Boka Xuniors" Kavanini sotib olmoqchi

Sherzod Nurmatov
8 iyul 2023, 15:05
"Boka Xuniors" "Valensiya" hujumchisi Edinson Kavani bilan muzokaralar olib bormoqda.

Jurnalist Gaston Edulning xabar berishicha, tomonlar bir haftadan beri muzokara olib borishmoqda. Ular 1 yoki 2 yillik shartnomani muhokama qilishmoqda.

Kavani o'tgan mavsum 28 ta o'yinda ishtirok etib, 7 ta gol urdi va 2 ta golli pas uzatdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/gastonedul