

Muxlislar va policiya o'rtasidagi mojaro "Ximnasiya va Esgrima" – "Boka Xuniors" uchrashuvi vaqtida yuzaga kelgan.
"TyC Sports" ma'lumotlariga ko'ra, marhum 57 yoshli Sezar Regeyru bo'lib, u kasalxonaga olib ketilayotganda yurak to'xtashi tufayli vafot etgan.
Stadionga kiraverishda policiya tomonidan muxlislarga rezina o'qlardan o'q uzilgan va ko'zdan yosh oqizuvchi gaz qo'llangan. Shu tufayli avvaliga o'yin to'xtab qolgan, keyin esa bekor qilingan.



