Boateng va Xummels "Real"ga qarshi bahsda ishtirok etishi mumkin

Aslanov Jasurbek
18 apr 2017, 18:11
"Bavariya" himoyachilari Jerom Boateng va Mats Xummels "Real"ga qarshi Chempionlar ligasi chorak final javob uchrashuvida maydonga tushishi mumkin.

Bu haqda klub boshqaruv qo'mitasi raisi Karl-Xaync Rummenigge e'lon qildi.

"Biz bugun himoyachilar Boateng va Xummelslarning holatini ko'rib chiqamiz. Kecha mashg'ulotda hammasi yaxshi edi" - deydi Rummenigge.

Oldinroq ushbu futbolchilar Chempionlar ligasi bahsida ishtirok etmasligi e'lon qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: tz