Birinchi liga. O'tish o'yinlari. Yarim finalchilar aniqlandi

Mirjalol Normatov
12 dek 2021, 16:42
Termizda Birinchi ligaga o'tish o'yinlari qizg'in pallasiga kirdi.

Bugun turnirning chorak final uchrashuvlari yakunlandi hamda yarim finalga yo'llanma olgan jamoalar nomi ma'lum bo'ldi. 

Unga ko'ra, Surxondaryoning ikki klubi va Toshkent hamda Farg'ona viloyati jamoalari yarim final o'yinlariga yo'llanma oldi. 

Chorak final

“Shahrixon” – “Denov” – 1:2

“Qumqo'rg'on” – “Keles” – 3:0

“Binokor” – “Do'stlik” (Farg'ona vil) – 0:4

“Do'stlik” (Toshkent shahri) – “Diamond” – 1:1 (pen: 3:2)

Yarim final

14.12.2021

“Qumqo'rg'on” – “Denov” 

“Do'stlik” (Toshkent shahri) – “Do'stlik” (Farg'ona vil)

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia