

Taqvimga ko'ra Toshkentda "NBU-Osiyo" va "Nurafshon" o'rtasidagi bahs bo'lib o'tishi kerak edi. Biroq "Nurafshon" klubi uchrashuvni o'tkazish uchun poytaxtga kela olmaydigan bo'ldi. Bunga sabab moliyaviy muammolar ekanligi aytilmoqda. Shu bois katta ehtimol bilan "NBU-Osiyo"ga texnik g'alaba yoziladi.
Ayni paytda musobaqa jadvalida "Nurafshon" 18 ochko bilan 18 jamoa orasida 17-o'rinda bormoqda.



