Bir oy oldin Vinisiusga qizil kartochka ko'rsatgan hakam "Real" - "Atletiko" bahsiga tayinlov oldi

Aslanov Jasurbek
4 fev 2025, 03:15
"Real" hamda "Atletiko" o'rtasidagi uchrashuvni boshqaradigan hakam ma'lum bo'ldi.

LaLiga 23-turining markaziy uchrashuvida Sesar Soto Grado ishlaydi. VARga Rikardo de Burgos Bengoechea javob beradi.

Soto Grado 3 yanvar kuni "Valensiya" - "Real" (1:2) bahsida ishlagan edi. O'shanda u darvozabon Stole Dmitrievskini turtib yuborgan Vinisius Juniorga qizil kartochka ko'rsatgan.

"Real" hamda "Atletiko" o'rtasidgi bahs 8 fevral kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca