Bilasizmi? "Paxtakor"ning uch futbolchisi o'z yurtida asr o'yinchilariga aylangan

Narzulla Saydullayev
9 may 2020, 11:44
Turli yillar mobaynida "Paxtakor" safida to'p tepgan uch futbolchi XX asrda o'z mamlakatlarida eng yaxshi o'yinchilar sifatida etirof etilgan.

Gennadiy Krasnickiy O'zbekistonda XX asrning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. Buni aksariyat muxlislar yaxshi bilishadi. U faoliyati davomida "Paxtakor" uchun chempionatlarda 322 o'yinda 142 gol muallifiga aylangan.

1972-75 yillarda "Paxtakor"da o'ynagan Vasilis Xadzipanagis esa 96 bellashuvda 22 gol muallifi bo'lgan. U Gretsiyada XX asrning 2-yarmida eng yaxshi futbolchi sifatida tan olingan. Eng yaxshi unvoniga ega chiqish uchun unga Gretsiya chempionligi ham kerak bo'lmagan.

Xoren Oganesyan 1990-91 yillarda chempionat bahslarida 46 o'yinda 10 to'p kiritgan. Armanistonda Oganesyan XX asrning eng yaxshim o'yinchisi deb topilgan. Uzoq yillar SSSR terma jamoasining asosiy futbolchilaridan biri bo'lgan.

"Paxtakor" tarkibida o'z mamlakatida asrning tengsiz futbolchilari bo'lgan uch o'yinchini jamlay olgan buyuk klublardan biridir.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz