Bilasizmi? 2011 yil quyi ligaga tushib ketgan klub Fransiya chempioni bo'ldi

Narzulla Saydullayev
18 may 2017, 09:20
Kecha "Monako" klubi o'z maydonida "Sent-Eten"ni 2:0 hisobida mag'lub etib muddatdan avval chempionlikni rasmiylashtirdi.

Ushbu klub 2010-2011 yilgi mavsumda Fransiya chempionatida 18-o'rinni band etib quyi ligaga tushib ketgandi. Ikki mavsum davomida quyi ligada ishtirok etgan "Monako" 2013-2014 yilgi mavsumdagina yana elitaga qaytdi.

Bu mavsumda "Monako" YCHL yarim finaliga yetib bordi va Fransiya chempioniga aylandi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia