Beyl Ispaniya Kubogi doirasidagi kechagi o'yinda jarohat oldi

Alisher
23 yanv 2020, 11:56
"Real" vingeri Garet Beyl jarohat oldi.

Uelslik futbolchi Ispaniya Kubogi 1/16 finali doirasidagi "Unionistas" (3:1)ga qarshi o'yinda to'pig'idan jarohat oldi.

"Qaymoqranglilar"ning 11-raqamli futbolchisi 53-daqiqada maydonni tark etdi va uning o'rniga Braim Dias tushirildi.

"Real" ustozi Zinedin Zidanning so'zlariga ko'ra, Beylning jarohati jiddiy emas, ammo u bugun tibbiy ko'rikdan o'tishi kerak.

Beyl joriy mavsum barcha musobaqalarda 15ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 2ta assistga erishgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca