Beyl futbolchilik faoliyatini yakunlaganiga izoh berdi

Оқил Абдубарноев
9 yanv 2023, 21:15
Garet Beyl 33 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunlashga qaror qildi.

"Puxta va obdon o'ylab ko'rganimdan so'ng, futbolchilik faoliyatini yakunlaganimni e'lon qilaman", - dedi Beyl.

Garet orzusi ro'yobga chiqqani va professional futbolda 17 mavsumni o'tkazganidan xursandligini bildirdi. Uelslik futbolchining so'zlariga ko'ra, u o'z faoliyati bilan faxrlanadi. Beyl o'zining sobiq klublari - "Sautgempton", "Tottenxem", "Real" va "Los-Anjeles"ga, oilasi va do'stlariga, shuningdek, futbolda yo'li kesishgan odamlarga minnatdorchilik bildirdi.

"Hayotimda yangi sahifa ochilayotganidan xursandman. Bu ham o'zgarishlar va yangi sarguzashtlar uchun imkoniyat sanaladi", - deb yozdi Beyl ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: instagram.com/garethbale11/