Benzema "Real" to'purarlari ro'yxatida to'rtinchi o'ringa chiqib oldi

Aziz Tukhtamuradov
20 okt 2021, 07:20
"Real" YCHLning 3-turida "Shaxtyor"ni 5:0 hisobida mag'lub etdi.

Karim Benzema ushbu bahsda "Real" safidagi 290-golini urdi. 

Bu orqali fransiyalik futbolchi Santilyanuga yetib oldi va endi ular "Real" to'purarlari ro'yxatida birgalikda to'rtinchi o'rinni egallab turishibdi. 

"Real" tarkibida Alfredo di Stefano (308), Raul (323) va Krishtianu Ronaldu (450) eng kuchli uchta to'purar hisoblanadi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Opta