

Karim Benzema ushbu bahsda "Real" safidagi 290-golini urdi.
Bu orqali fransiyalik futbolchi Santilyanuga yetib oldi va endi ular "Real" to'purarlari ro'yxatida birgalikda to'rtinchi o'rinni egallab turishibdi.
"Real" tarkibida Alfredo di Stefano (308), Raul (323) va Krishtianu Ronaldu (450) eng kuchli uchta to'purar hisoblanadi.



