Bemford "Tottenxem"ga o'tishni xohlamayapti

Alisher
17 avg 2021, 12:30
"Lids" hujumchisi Patrik Bemford "Tottenxem" taklifini rad etmoqchi.

"Shporlar" o'yinchini "Manchester Siti"ga o'tishi mumkin bo'lgan Xarri Keynga o'rinbosar sifatida ko'rishmoqda.

Bemford "Tottenxem"ga o'tishni xohlamayapti, u "Lids"da baxtli va hozirgi jamoasi bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda. O'yinchining klub bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2022 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.

Eslatib o'tamiz, Bemford "Lids"ga "Middlsbro"dan 2018 yilda deyarli 8 million evaziga o'tgan edi. U o'tgan mavsum APL doirasidagi 38ta o'yinda maydonga tushib, 17ta gol va 8ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Mirror