Belyavskiy: "Hozir ramazon, Yaxshiboev hech narsa emayapti. Ammo, unga qoyil, ikki taym yaxshi o'ynadi"

Alisher
2 may 2020, 11:36
"Energetik-BGU" bosh murabbiyi Vladimir Belyavskiy Belarus chempionati doirasidagi "Smolevich" (2:0)ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

- Bugungi o'yinga qadar uchta mag'lubiyatni qabul qilib olgan edik. Yoqimsiz taassurotlar bor edi. Menimcha, raqibda ham huddi shunday vaziyat. Og'ir o'yin bo'ldi.

- Jamoangiz o'yinni tezkorlik bilan boshladi - o'yinga shunday reja bormidi?

- Biz shunday o'ynaymiz. Ammo, vaziyatlardan foydalanilmagandan so'ng, qanaqadir o'z kuchimizga ishonmay qo'ygandek bo'ldik.

- Yaxshiboevda ko'p vaziyatlar bo'lmoqda, ammo omad undan yuz o'girmoqda.

- Siz bir narsani tushuning, u boshqa mamlakatdan kelgan inson. Ikkinchidan, hozir ramazon, u hech narsa emayapti. Bu esa juda ham qiyin holatdir. Ammo, unga qoyil, ikki taym yaxshi o'ynab berdi. O'ylaymanki, u buyog'iga yana ham yaxshi o'ynaydi", - deydi Belyavskiy.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Беларусь 5