Belerin: "Men "Arsenal" sardori bo'la olaman"

Alisher
20 mar 2020, 17:57
"Arsenal" himoyachisi Ektor Belerin doimiy jarohatlarga qaramay jamoa sardorligi uchun tayyorligini aytdi.

"Barselona"ning yoshlar jamoasida o'ynaganimdan beri har doim uch sardorning biri bo'lib kelganman. Bu men uchun odatiy bo'lib qolgan.

Menga javobgarlik va bunday vaziyatlarda birinchi bo'lish yoqadi. Arteta bilan bir necha oy davomida gaplashdim va u menga sardor bo'lishim mumkinligini aytdi.

Men xursandman, chunki bu yerda anchadan beri faoliyat yuritayotganlardan biriman va klubning qanday ishlashini bilaman", - deydi Belerin.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal