Belarus chempionatida koronavirusga chalingan ilk futbolchi aniqlandi

Alisher
11 may 2020, 14:32
"Minsk" o'yinchisining koronavirus uchun topshirgan testi ijobiy chiqdi.

Jamoa ikki haftalik karantinga yo'l oldi. Klub rahbariyati futbolchining familiyasini oshkor qilmayapti. Shunisi aniqki, ushbu o'yinchi "Minsk"ning "Gorodeya"ga qarshi o'yinida qaydnomadan o'rin egallamagan.

Eslatib o'tamiz, Belarus chempionatidagi barcha ligalar davom etmoqda, muxlislarning ham stadionga tushishiga taqiq yo'q. 

Ayni damda Belarusda 22973 inson COVID-19'ni yuqtirgan va ulardan 131 nafari vafot etgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: by.tribuna.com