Islom Ismoilov: "Mashg'ulot o'tkazmasdan maydonga chiqdik, har bir o'yinga maqsadimiz bor"

Iskandarov Abdulaziz
16 fev 2025, 16:05
Biroz oldin O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Minskda start olgan "Rivojlanish kubogi"da ilk uchrashuvini o'tkazdi.

Braziliyaning "Blockchain Sports" (3:1) akademiyasiga qarshi kechgan uchrashuvdan so'ng terma jamoamiz ustozi Islom Ismoilov fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 

"To'g'risini aytganda juda qiyin o'yin o'tkazdik, chunki bir necha kun oldin Antaliyadagi turnirda ishtirok etdik. U yerdagi musobaqadan so'ng darhol Minskka uchib keldik. Hattoki, bugun mashg'ulot o'tkazmasdan maydonga tushdik. Qiyin parvozlarga qaramay xarakter ko'rsata oldik deya olaman.

Individual futbolchilarga qarshi o'ynash doim qiyin bo'lgan. Biz bu haqida futbolchilarga tushuntirdik. Raqibni yolg'iz qoldirmaslikni aytdik. Futbolchilar berilgan ko'rsatmalarni bajarishdi. To'g'ri, ayrim vaziyatlardan foydalana olganimiz yo'q, braklar uchradi. Bu aytganimdek birinchi o'yinimiz edi. Boz ustiga iqlim o'zgardi. Umuman olganda harakat qildik. 

Har bir o'yinga maqsadimiz bor. Bizning maqsadimiz Osiyo kubogiga tayyorlanish. Hamma turnirni yutishni istaydi. Biz ham shunday. O'zimiz tuzgan dasturimiz bor. Shu asosida davom etamiz",- deydi Islom Ismoilov.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: @Belarusff